Янгиликлар

Jarariq MFYda elektr muammolari bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda

 Jarariq MFYda elektr muammolari bosqichma-bosqich bartaraf etilmoqda 

Tumanning JarariqMFY Osiyo, Chorsu va Zilol ko‘chalarida yashovchi fuqarolarning murojaatiga asosan
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari F.Xamidov, A.Ergashev, A.Yursunov va tuman hokimi maslahatchisi M.Ahmedovlar elektr tarmog‘idagi nosozliklar yuzasidan o‘rganishlar o‘tkazishgan edi.
Mazkur masala tuman Kengashining sessiyasida muhokama etilib, infrotuzilma va ijtimoiy barqarorlik jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi. Bugun ushbu xududga belgilangan temir beton stolbalar yetkazib berildi. Xudud aholisi tuman Kengashi deputatlari va tuman hokimligi mutasaddilaridan mamnun.  

Slide 1 of 4