Uzun tumanida yoshlar ovozi: Maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Uzun tumanida yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ularning muammolarini bevosita deputatlar korpusi bilan hamkorlikda hal etish maqsadida Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi.
Uchrashuvda tuman yoshlari hayotiga daxldor bo‘lgan bir qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi:
Yoshlarni bo‘sh ish o‘rinlari bilan ta’minlash va "Yoshlar daftari" orqali berilayotgan imtiyozlardan samarali foydalanish.
Maktab o‘quvchilari va talabalarning loyihalarini qo‘llab-quvvatlash hamda tuman kutubxonalari faoliyatini zamonaviylashtirish.
Uy-joy va sog‘liqni saqlash masalalarida qiynalayotgan yoshlarga huquqiy va amaliy yordam ko‘rsatish.