Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Uzun tumanida mahalliy budjet daromadlari va infratuzilmani rivojlantirish masalalari tahlil qilindi


Sessiya kun tartibi: Uzun tumanida mahalliy budjet daromadlari va infratuzilmani rivojlantirish masalalari tahlil qilindi

Sessiya kun tartibidagi to'rtinchi va beshinchi masalalar amalga oshiriladigan ishlar to‘g‘risida hisoboti tinglandi.

Sessiyada ta’kidlanganidek, 2026-yilning I choragi yakunlari bo‘yicha Uzun tuman mahalliy budjeti daromadlar rejasi belgilangan prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada orttirib bajarildi.

Deputatlar tomonidan ushbu profitsit (rejaning ortiqcha qismi) mablag‘larini tumanning eng dolzarb ijtimoiy muammolarini hal etishga yo‘naltirish masalasi ma’qullandi.

Sessiyaning keyingi muhim masalasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PF-17-sonli Farmoni ijrosiga qaratildi.
Mazkur Farmon asosida tuman hokimligi huzurida tashkil etilgan “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar belgilab olindi.