Huquqiy bilimlar — jamiyat farovonligi asosi
Uzun tumanida aholining huquqiy savodxonligini oshirish va ularni qiynayotgan masalalarga yechim topish maqsadida xalq deputatlari tuman Kengashi deputati D.Abdunazarova hamda tuman adliya bo‘limi qoshidagi "Madad" nodavlat-notijorat tashkiloti hamkorligida davra suhbati tashkil etildi.
Tadbirda nafaqat soha mutaxassislari, balki tuman fuqarolari ham faol ishtirok etib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga bevosita javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.