12-may - Xalqaro hamshiralar kuni
Hurmatli hamshiralar! 🎉
🩺 Sizlarni 12-may - Xalqaro hamshiralar kuni munosabati bilan samimiy muborakbod etamiz.
👩⚕️Inson salomatligini asrash, bemorlarga mehr va e’tibor ko‘rsatishdek sharafli kasb egalari sifatida jamiyatimizda alohida o‘rin tutasiz.
🩺Sizning fidokorona mehnatingiz, sabr-toqatingiz va kasbingizga bo‘lgan sadoqatingiz har qanday e’tirofga munosibdir.
🏡Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, mas’uliyatli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va xalqimiz hurmat-ehtiromini tilab qolamiz.