Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar o‘rganildi.

#24_ta_masala
#Deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi deputati M.Kazakova tomonidan G‘oyib ota mahallasida olib borilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish hamda aholi farovonligini oshirishga qaratilgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada 6 ta transformator mavjud bo‘lib, shundan 1 tasi ta’mirtalab holatda ekani aniqlandi. Shuningdek, hududdagi elektr tarmog‘i uchun o‘rnatilgan 287 ta ustundan 6 tasi yaroqsiz holatga kelgani qayd etildi.

Mazkur holatlar yuzasidan elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, mavjud nosozliklarni bartaraf etish hamda infratuzilmani bosqichma-bosqich yangilash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram

Slide 1 of 2