Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Deputat tomonidan BSK faoliyati samaradorligi o‘rganildi

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 14-Yangikent saylov okrugidan saylangan deputat F.Sarimsakov tomonidan Yangikent mahallasida boshqaruv servis kompaniyasi BSK faoliyati samaradorligi o‘rganildi.

O‘rganish davomida Do‘stlik ko‘chasida joylashgan ko‘p qavatli uylar atrofi obodonlashtirish holati ko‘zdan kechirildi. Jarayonda hududda begona o‘tlar o‘sib ketgani hamda bolalar maydonchasi ta’mirtalab ahvolda ekanligi aniqlandi.

Mazkur muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborish belgilandi.

Slide 1 of 2