Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

 📌 Yoshlar maslahat guruhlari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhlari a’zolari ishtirokida navbatdagi yig‘ilish tashkil etildi. Yig‘ilishni Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi raisi O. Tursunov olib bordi.

Yig‘ilish davomida O‘zbekiston Yoshlar ishlari agentligi Sherobod tuman bo‘limi boshlig‘i Sh. Suvonovning Yoshlar ishlari agentligi Sherobod tuman bo‘limi tomonidan 2026-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.

✨ Shuningdek, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda ijtimoiy faolligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Slide 1 of 3