Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

Issiqxona faoliyati orqali yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda

Xalq deputatlari Zarbdor tuman Kengashiga 13-Adirobod saylov okrugidan saylangan deputat S.Keldibekova tomonidan Adirobod mahallasida issiqxona yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahalla hududida hamda 4-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi hududida joylashgan issiqxonalarda yetishtirilayotgan sabzavot mahsulotlari, xususan bodring va pomidor ekinlari, yaratilgan sharoitlar hamda mavsumiy bandlik holati bilan yaqindan tanishildi.

Xususan, hududda 3 ta issiqxona faoliyat yuritayotgani hamda ushbu yo‘nalishda 6 nafar fuqarolarning bandligi ta’minlangani qayd etildi.

Shuningdek, issiqxona xo‘jaligi orqali aholi daromadlarini oshirish, samarali mehnatni yo‘lga qo‘yish va hosildorlikni ko‘paytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 4