Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 5-Oydin saylov okrugidan saylangan deputat O.Muzaffarova tomonidan saylovchilar murojaatlarida ko‘tarilgan elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolarni bartaraf etish yuzasidan amaliy choralar ko‘rilmoqda.
Jumladan, aholi tomonidan bildirilgan e’tiroz va takliflar asosida tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari O.Usmonov nomiga deputat so‘rovi yuborildi. Unda hududda elektr ta’minotida kuzatilayotgan muammolarni o‘rganish, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda aholini uzluksiz elektr energiyasi bilan ta’minlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish so‘ralgan.
Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan bo‘lib, murojaatlar ijrosi yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ishlar davom ettirilmoqda.