Kotibiyat ish rejasiga muvofiq Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi raisi hamda tuman Kengashi deputatlari tomonidan “Ijodkor” mahallasi yettiligi faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish, yoshlar va xotin-qizlar bandligini ta’minlash, profilaktik tadbirlar samaradorligi hamda “mahalla yettiligi” tomonidan olib borilayotgan hamkorlik ishlari tahlil qilindi.
Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar, infratuzilma holati va fuqarolarni qiynayotgan masalalar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiya hamda topshiriqlar berildi.
O‘rganish davomida mahalla tizimida olib borilayotgan ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan manzilli ishlash va murojaatlar ijrosini ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.