O‘rganish davomida tuman hokimining qurilish bo'yicha o'rinbosari ishtirokida amfiteatr qurilishining bugungi holati atroflicha ko‘zdan kechirilib, amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari, foydalanilayotgan qurilish materiallari hamda loyiha hujjatlari bilan yaqindan tanishildi.
Mazkur hududni aholining madaniy hordiq chiqarishi va ommaviy tadbirlarni o‘tkazish uchun zamonaviy maskanga aylantirish yuzasidan olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Qurilish jarayonida sifat ko‘rsatkichlariga alohida e’tibor qaratish, belgilangan texnik talab va me’yorlarga qat’iy rioya etish, ishlarni jadallashtirish hamda obyektni belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.