Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

“Yangi diyor” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Muzrabot tuman Kengashiga 13-Shabada saylov okrugidan saylangan deputat Muxammadiyeva Barchin hamda xalq deputatlari tuman Kengashi bosh mutaxassisi B.Xoliqov ishtirokida tumandagi "Yangi diyor" mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida “mahalla yettiligi” a’zolari tomonidan aholining ijtimoiy himoyasi, kam ta’minlangan va ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kambag‘allikdan chiqarish, shuningdek ishsiz fuqarolarni bandlikka jalb etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, mahallada aholi murojaatlari bilan ishlash, yoshlar va xotin-qizlar muammolarini hal etish, ijtimoiy daftarlar bilan ishlash tizimi ham tahlil qilinib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar berildi.

Slide 1 of 6