Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

DEPUTAT NOMIDAN RASMIY MUNOSABAT

DEPUTAT NOMIDAN RASMIY MUNOSABAT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xavfsizlik masalalari bo‘yicha o‘tkazgan selektor yig‘ilishi jamoat tartibini ta’minlash va fuqarolar xavfsizligini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etdi. Selektorda belgilangan vazifalar, ayniqsa, mahallalarda huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlar bilan manzilli ish olib borish hamda profilaktika choralarini kuchaytirishni talab etadi.
Deputat sifatida mazkur topshiriqlarni mahallada to‘liq va samarali ijro etish, aholi bilan ochiq muloqotni kuchaytirish orqali xavfsiz va osoyishta muhit yaratishni o‘z oldimizga maqsad qilib qo‘yganmiz.