Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat X.Jumaboyev Farhod mahallasidagi “yettilik” a’zolarining faoliyatini o‘rgandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 209-sonli Farmoni asosida mahalla xodimlari tomonidan olib borilayotgan ishlar tanqidiy tahlil qilindi. Shuningdek, deputat mahalla fuqarolar yig‘inida “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishib, yangi qabul qilinayotgan qonunlarning mazmun-mohiyati haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuv davomida mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Mahalla — islohotlar markazi, “yettilik” esa uning harakatlantiruvchi kuchidir!