Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

🌿 YANGI BEKOBOD — OBODLIK YO‘LIDA! 🌿

Bugun tuman markazidagi bosh maydon o‘zgacha qiyofa kasb etmoqda. Yangidan bunyod etilayotgan ulug‘vor Arka, motamsaro Ona haykali, tuman tarixi muzeyi va zamonaviy xiyobon yaqin kunlarda tantanali ravishda ochilish arafasida.
Ushbu ezgu maskanda tumanning barcha faollari, ziyolilari, mehnat faxriylari hamda jamoatchilik vakillari qatorida tuman kengashi deputatlari ham ko‘chat ekish marosimida faol ishtirok etdilar.
🌱 Bugun ekilgan har bir nihol — ertangi kunimiz uchun yashil kelajak, obod diyorimiz uchun mustahkam poydevordir.
✨ Yangi Bekobod — yangicha qiyofa, yangi nafas, yangi taraqqiyot sari dadil qadam!

Slide 1 of 7