Uning asosiy vakolatlari quyidagilardan iborat:
✅ Doimiy komissiya o‘z yo‘nalishi bo‘yicha masalalarni o‘rganadi, tahlil qiladi va Kengash sessiyasi muhokamasiga tegishli takliflar kiritadi.
✅ Qabul qilingan qarorlarning ijrosini nazorat qilish jarayonlarida faol ishtirok etadi.
✅ Davlat organlari, korxona va tashkilotlardan zarur ma’lumotlar va hujjatlarni so‘rash huquqiga ega.
✅ Mansabdor shaxslarning hisobotlarini eshitadi hamda ularning faoliyati yuzasidan baholash ishlarini amalga oshiradi.
✅ Aholi manfaatlarini himoya qilish maqsadida joylarda o‘rganishlar olib boradi.
✅ Aniqlangan muammo va kamchiliklar yuzasidan tegishli takliflar va tavsiyalar tayyorlaydi.