Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputati X.Turdiyev Gulobod mahallasida bo‘lib, mavjud muammolarni o‘rgandi.
📈Fuqarolar tomonidan bir qator masalalar ko‘tarildi. Jumladan, Said Ahmad, Yangi olam, Kumushsohib ko‘chalari hamda 48-maktabning sport maydonchasini maxsus texnika yordamida tekislash, atrofini obodonlashtirish va ichki ko‘chalarni shag‘allash zarurligi ta’kidlandi. Ushbu masalalar yuzasidan Obodonlashtirish boshqarmasiga rasmiy so‘rovnoma yuborildi.
✅Shuningdek, mahalla aholisi o‘z mablag‘lari hisobidan suv bashnyasini barpo etgani, endi esa uni markaziy tarmoqqa ulash va xonadonlarga suv hisoblagichlarini o‘rnatish bo‘yicha amaliy yordam zarurligi bildirildi.
✅Bu masala yuzasidan suv ta’minoti va oqova xizmati tashkiloti rahbarini mahallaga taklif qilish bo‘yicha ham so‘rovnoma kiritildi.
✅Ko‘tarilgan har bir muammo nazoratga olindi. Aholiga qulay shart-sharoit yaratish yo‘lida ishlar davom etadi.