Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

A.Navoiy mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi kotibiyat mudiri F. Xolmuratova hamda 11-A.Navoiy saylov okrugi deputati D. Mardonova "A. Navoiy" mahallasida bo‘lib, mahalla yettiligi faoliyatini o‘rgandi.

O‘rganish jarayonida mahallada olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy ishlar, aholi bilan ishlash tizimi hamda mavjud muammolarni aniqlash va ularni hal etish borasidagi faoliyat atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, mahalla yettiligi tomonidan fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarni qo‘llab-quvvatlash hamda hududda olib borilayotgan obodonlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi.


️O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ish samaradorligini oshirish hamda mahalla tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2