Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
#Munosabat

 Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashi deputati
Otelbaev Baxtiyar Aybekovichning munosabati:
 

“Mazkur yig‘ilishda belgilangan vazifalar bilan
tanishar ekanman, eng avvalo, Qoraqalpog‘istonning, xususan, Qo‘ng‘irot
tumanining kelgusi rivoji uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar e’tiborimni
tortdi.
 

Bugun Qo‘ng‘irot nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki
mamlakatimizning energetika va investitsiya salohiyati yuqori hududlaridan
biriga aylanib bormoqda. Yig‘ilishda tumanda qiymati 2,6 milliard dollar,
quvvati 1,5 ming megavatt bo‘lgan yirik shamol elektr stansiyasi qurilishi
boshlanganligi qayd etildi. Loyiha doirasida yuqori kuchlanishli elektr
tarmoqlari va podstansiyalar barpo etilishi tumanning energetika salohiyatini
yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
 

Men deputat sifatida ushbu loyihalarni faqat yirik
raqamlar bilan emas, avvalo, odamlar hayotidagi amaliy natijalar bilan baholash
muhim, deb hisoblayman. Yangi investitsiyalar — bu yangi ishlab chiqarish,
yangi kasb va mutaxassisliklar, yangi ish o‘rinlari hamda mahallalar rivoji
uchun qo‘shimcha imkoniyatlar demakdir.
 

Yig‘ilishda Qo‘ng‘irot bilan bog‘liq yana bir muhim
masala — transport va infratuzilmani rivojlantirishga katta e’tibor qaratilgani
ham alohida ahamiyatga ega. A-380 magistral yo‘lining Qo‘ng‘irot hududidan
o‘tuvchi qismi modernizatsiya qilinishi, ichimlik suvi tarmoqlarining
kengaytirilishi, ijtimoiy soha obyektlarining rivojlantirilishi tumandagi aholi
uchun qulay sharoitlarni yanada yaxshilashga xizmat qiladi.
 

Bundan tashqari, “Qo‘ng‘irot – Qorao‘zak – Taxiatosh”
yo‘nalishining “yashil sanoat yo‘lagi” sifatida rivojlantirilishi hududimizni
zamonaviy sanoat, energetika va texnologiyalar markazlaridan biriga aylantirish
uchun yangi istiqbollarni ochmoqda.
 

Bugungi vazifa — mavjud imkoniyatlardan samarali
foydalanish, yirik loyihalarning joylarda o‘z vaqtida va sifatli amalga
oshirilishini ta’minlash, eng muhimi, ularning natijasini aholi farovonligida
namoyon etishdir.
 

Deputat sifatida men saylovchilar manfaatlarini
ifodalash, hududdagi muammolarni o‘rganish va belgilangan vazifalarning amaliy
ijrosi ustidan deputatlik nazoratini olib borishni o‘z faoliyatimning muhim
yo‘nalishlaridan biri deb bilaman.
 

Qoraqalpog‘iston uchun belgilangan ulkan maqsadlar
Qo‘ng‘irot uchun ham yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Bu imkoniyatlardan
oqilona foydalanish, investitsiyalarni samarali loyihalarga yo‘naltirish va
yaratilayotgan sharoitlarni xalqimiz manfaatiga xizmat qildirish —
barchamizning mas’uliyatli vazifamizdir.”
  

Slide 1 of 1