Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
#biriktirilgan_tashkilot #162_ta_Qonunlar_ijrosi #24_ta_tavsiyalar_ijrosi #Haftalik_ish_reja_ijrosi

Xalq deputatlari Oltinsoy tumani Kengashi raisi, 22-“Mingchinor” saylov okrugidan saylangan deputat Turdiyev Akrom Abdimuratovich boshchiligida ishchi guruh tomonidan “Hayrondara” mahallasida atroflicha o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.

Soha mas’ullari hamda deputatlar ishtirok etgan ushbu tadbirda “Yangi O‘zbekiston qiyofasi” dasturi doirasida mahalla hududida olib borilayotgan xatlov jarayonlari, belgilangan ustuvor vazifalar hamda qonunchilik hujjatlari va tavsiyalarining ijro etilish holati atroflicha tahlil qilindi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashi deputati A.Oripov, Xalq deputatlari Oltinsoy tuman Kengash kotibiyati mudiri M.Xujanov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassislari A.Esanov va I.Roziqovlar faol ishtirok etdilar.

Uchrashuv va muloqotlar davomida mahalla fuqarolar yig‘ini faollari, soha va tegishli tashkilotlar mas’ullari bilan birgalikda hududda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik hamda obodonlashtirish ishlari, aholini o‘ylantirayotgan masalalar va ularning yechimi bo‘yicha amalga oshirilayotgan choralar muhokama qilindi. Shuningdek, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda qonunlar va tavsiyalar ijrosini samarali tashkil etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati

📱Telegram|📱Facebook|📱Instagram 🌐E-kengash|📱YouTube🌎oltinsoy.uz

Slide 1 of 7