Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
Farg‘ona mahallasida sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi

#sessiya_oldi_masala
Farg‘ona mahallasida sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Feruzaxon Omonova tomonidan Farg‘ona mahallasida sessiya oldi o‘rganish o‘tkazildi.
O‘rganish O‘zbekiston mahallalari uyushmasi tuman bo‘limi boshlig‘i D.Xomidovning O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan amalga oshirildi.
Shuningdek, “Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi” doirasida amalga oshirilgan ishlar, erishilgan natijalar hamda kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar muhokama qilindi.
O‘rganish davomida mahalladagi ko‘chalarning mahalla yettiligi xodimlariga biriktirilganligi, shuningdek, ularga biriktirilgan hududlarda obodonlashtirish tadbirlarining tashkil etilishi va ijrosi holatiga ham alohida e’tibor qaratildi.
Yakunda aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, kelgusida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
✅ Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 3