35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
KENGASH FAOLIYATI TAHLIL QILINDI: DEPUTATLIK NAZORATI VA IJRO INTIZOMI — E’TIBORDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️KENGASH FAOLIYATI TAHLIL QILINDI: DEPUTATLIK NAZORATI VA IJRO INTIZOMI — E’TIBORDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi Raisining 2026-yil 13-maydagi 29-14-0-F/26-sonli farmoyishi ijrosi doirasida Uchtepa tumani Kengashi faoliyati yuzasidan tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat Davronbek Ravshanbekov, Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov, Uchtepa tumani Kengashi raisi, deputatlar hamda Kengash kotibiyati xodimlari ishtirok etdi.

📝 Muloqot davomida tuman Kengashi va kotibiyatining amaldagi faoliyati atroflicha tahlil qilinib, deputatlarning saylov okruglaridagi ishlari, sessiyalar va doimiy komissiyalar faoliyatini tashkil etish, deputatlik so‘rovlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash hamda qabul qilingan qarorlar ijrosini ta’minlash holatiga alohida e’tibor qaratildi.

🔎 Davronbek Ravshanbekov tomonidan Kengash faoliyatida ijro intizomini mustahkamlash, hujjatlarni belgilangan tartibda yuritish, sessiyalar kun tartibini puxta shakllantirish, qaror loyihalarini sifatli tayyorlash va qabul qilingan qarorlar ijrosini tizimli nazorat qilish masalalari yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

📁 Shuningdek, deputatlar faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyaviy yo‘nalishi doirasida saylov okruglarida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi. Xususan, “Ko‘chama-ko‘cha deputatlik daftarlari”ni yuritish, hududlardagi muammolarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish, saylovchilar murojaatlarini manzilli ko‘rib chiqish va deputatlik nazoratining amaliy natijadorligini oshirish masalalari tahlil qilindi.

🗣 Toshkent shahar Kengashi deputati Muxtor Ilhomov bilan birgalikda deputatlarning aholi bilan bevosita muloqotini kuchaytirish, saylov okruglaridagi mavjud masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda ularni tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish bo‘yicha fikr almashildi.

⚙️ Tahliliy yig‘ilishda doimiy komissiyalar faoliyatini yanada tizimli tashkil etish, deputatlik so‘rovlarining natijadorligini oshirish, fuqarolar murojaatlari ijrosini nazorat qilish hamda kotibiyat faoliyatida ish yuritish va ijro intizomiga qat’iy rioya etish zarurligi qayd etildi.

💡 Yig‘ilish yakunida Kengash faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlar faolligini oshirish, doimiy komissiyalar ishini kuchaytirish, saylovchilar bilan muloqotni tizimli davom ettirish hamda deputatlik nazoratining amaliy samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4