35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa — yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi
янв.21
Yangi tashkil etilgan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
"G‘ayrat" mahallasida ijtimoiy himoya va aholi daromadlarini oshirish bo‘yicha ishlar o‘rganildi

Chinoz tumani hokimi, Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashiga 12-Oxunboboyev saylov okrugidan saylangan depuat Sh. Salixov tomonidan “G‘ayrat” mahallasida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy holati, mavjud muammolari, ijtimoiy yordam va xizmatlarga bo‘lgan ehtiyoji hamda daromadlarini oshirish imkoniyatlari xonadonbay o‘rganildi.

Aniqlangan muammolarni hal etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rildi. Jumladan:

🔹 1 ta oilaning 2 nafar farzandi maktabgacha ta’lim tashkilotiga joylashtirildi;

🔹 1 ta oilaning kadastr hujjatlari bilan bog‘liq muammosi tegishli tashkilot orqali bartaraf etildi;

🔹 1 ta oilaning uy-joy qurilishi bilan bog‘liq yo‘l o‘tkazish masalasi hal etildi;

🔹 uy-joyga ega bo‘lmagan va ijara asosida yashayotgan 1 ta oilaga “G‘ayrat” mahallasi hududida auksionga chiqarilgan 16 sotix yer maydoni taklif etildi.

Bunday o‘rganishlar orqali oilalarning mavjud muammolarini aniqlash, ularni manzilli hal etish hamda aholi bandligi va daromadlarini oshirishga ko‘maklashish choralari ko‘rilmoqda.

Slide 1 of 3