Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
Uchtepa tumanida navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi

#deputatlik_nazorati_Uchtepa #deputat_sorovi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi "3-Istirohat" okrugi deputati Xalmatov Bobur Baxodirovich tomonidan Uchtepa tumani hokimining Yoshlar siyosati, ijtimoiy rivojlantirish va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o'rinbosari Oybek Rahmonberdiyevga navbatdagi deputatlik so'rovi chiqarildi.

📁 Uchtepa tumanidagi 236-sonli umumta’lim maktabida o'rganish ishlari olib borilib, o‘rganish davomida maktabning orqa qismida hududni tashqi tomondan ajratib turuvchi to‘siq panjaralari uzoq vaqtdan buyon mavjud emasligi aniqlangan. Mazkur holat maktab hududining ochiq va nazoratsiz qolgan qismlari mavjud bo‘lishiga sabab bo‘lib, ta’lim muassasasi hududiga tashqaridan begona shaxslarning kirib kelish xavfini oshirayotganligi, bu esa o‘quvchilar va pedagog-xodimlarning xavfsizligi, maktab hududida jamoat tartibini ta’minlash hamda ta’lim muassasasining muhofazasini tashkil etish nuqtayi nazaridan jiddiy e’tibor qaratishni talab etayotgani qayd etilgan.

🧠 Ta’lim muassasasi hududining tashqi perimetri bo‘ylab to‘siqlarning butligi va soz holatda bo‘lishi maktabga ruxsatsiz kirishlarning oldini olish, o‘quvchilar xavfsizligini ta’minlash hamda hududni nazorat ostida saqlashning muhim omillaridan biridir. Shu munosabat bilan, 236-sonli umumta’lim maktabining orqa qismidagi mavjud holatni bartaraf etish, hudud xavfsizligini ta’minlash va to‘siq panjaralarini qayta tiklash masalasini ko‘rib chiqish zarur deb hisoblanmoqda.

📈 Yuqoridagilardan kelib chiqib:

✍️ mazkur to‘siq panjaralari qachon va qanday sababga ko‘ra mavjud emasligi, ularni qayta tiklash bo‘yicha ilgari choralar ko‘rilgan-ko‘rilmaganligi haqida ma’lumot taqdim etish;

✍️ maktabning orqa qismidagi to‘siq panjaralarini belgilangan tartibda qayta o‘rnatish va hududni tashqi tomondan to‘liq himoyalash choralarini ko‘rish;

✍️ maktab hududiga begona shaxslarning ruxsatsiz kirib kelishining oldini olish maqsadida qo‘shimcha xavfsizlik choralarini belgilash;

✍️ aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlar, ularning aniq muddatlari va mas’ul tashkilotlar haqida natijalar to‘g‘risida qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma javob taqdim etish so‘ralmoqda.

🗣 Deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala yuzasidan o‘rganish natijalari hamda amalga oshiriladigan ishlar bo‘yicha 10 kun muddatda asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish talabi qo‘yilgan. Mazkur masala deputat tomonidan nazoratga olingan.

Slide 1 of 3