Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
Maktab hududidagi obodonlashtirish masalasi o‘rganildi

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi #ekspert_guruhlari #partiya_guruhlari

Maktab hududidagi obodonlashtirish masalasi o‘rganildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi O‘zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi, “3-Istirohat” saylov okrugi deputati Xalmatov Bobur Baxodirovich tomonidan fuqarolar va tashkilotlarning murojaatlarini o‘rganish, mavjud muammolarni joyiga chiqib aniqlash hamda ularning amaliy yechimini ta’minlashga qaratilgan navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

⚙️ Bu galgi o‘rganish Istirohat mahallasi hududida joylashgan 236-sonli umumta’lim maktabi rahbariyatining murojaati asosida tashkil etildi. Maktab rahbariyati tomonidan ta’lim muassasasining old tomonidagi hovli qismi asfalt qoplamasiga muhtoj ekani, mazkur hududni obodonlashtirish va zamonaviy talablar asosida tartibga keltirish zarurligi bildirilgan.

🕯 Deputat murojaatda ko‘tarilgan masalani joyiga chiqib o‘rganar ekan, maktab hududining mavjud holati, asfaltlashtirishga bo‘lgan ehtiyoj hamda mazkur ishlarni amalga oshirish imkoniyatlarini mas’ullar bilan birgalikda muhokama qildi.

📇 Ta’kidlash joizki, ta’lim muassasalari atrofini obodonlashtirish, yo‘lak va hovli qismlarini tartibga keltirish nafaqat hududning tashqi ko‘rinishini yaxshilaydi, balki o‘quvchilar, pedagoglar va ota-onalar uchun xavfsiz hamda qulay muhit yaratishda ham muhim ahamiyat kasb etadi.

📊 O‘rganish jarayonida ushbu masalani tegishli mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish, mavjud imkoniyatlardan kelib chiqib, asfaltlashtirish ishlarini amalga oshirish bo‘yicha zarur choralarni belgilash masalalari muhokama qilindi.

📁 Mazkur o‘rganish mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim 24 ta tavsiyasi asosida tashkil etilib, unda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati, Kengash ekspert guruhi a’zolari, mahalla faollari hamda 236-sonli umumta’lim maktabi rahbariyati ishtirok etdi.

🧠 Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — aholi, ijtimoiy soha obyektlari va mahallalarda mavjud muammolarni aniqlash, ularni mas’ul tashkilotlar oldiga qo‘yish hamda yechimiga erishishdan iborat.

📈 Shu ma’noda, ta’lim muassasalari infratuzilmasini yaxshilashga qaratilgan har bir murojaat e’tibordan chetda qolmasligi, muammo yuzasidan mas’ullar bilan birgalikda aniq choralar belgilanib, uning ijrosi nazoratga olinishi muhimdir.

Slide 1 of 3