Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
#24_masala


​✔️Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati M.Sayfiddinova hamda Toyloq tuman Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi F.Sidikov Toyloq tumanidagi «Madaniyat» mahallasida bo‘lishdi.
​✔️O‘rganishlar davomida mahallasida kambag‘allikni qisqartirish, aholi bandligini ta’minlash hamda tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati, erishilayotgan natijalar va mavjud masalalar atroflicha ko‘rib chiqildi.
​✔️O‘rganish davomida asosiy e’tibor qaratilgan yo‘nalishlar:
​Aholi xonadonlarining daromad manbalarini oshirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash;
​Imtiyozli kreditlar hamda subsidiyalardan samarali va maqsadli foydalanish holati; Ishsiz va kam ta’minlangan fuqarolarni kasb-hunarga o‘qitish va bandligini ta’minlash borasidagi amaliy choralar.
​✔️Muloqot va o‘rganishlar yakunida mahalladagi hokim yordamchisi faoliyatini yanada takomillashtirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hajmini oshirish hamda aniqlangan masalalarni tezkor hal etish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
​✔️Deputatlar tomonidan bu kabi nazorat va o‘rganish tadbirlari joylarda izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4