Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
FUQARO MUROJAATI — AMALIY YECHIM SARI MUHIM QADAM

Xalq deputatlari Yangiobod tuman Kengashi raisi, deputat X. Tilakov, tuman Kengashi deputatlari G.Raimova, J.Yoqubov Sarmich mahallasida fuqaro bilan muloqot davomida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilaning murojaatini o‘rgandi.

🔎 Murojaat davomida fuqaro Ijtimoiy reyestrga kiritilgan farzandi uchun nogironlar aravachasi olish masalasida amaliy yordam so‘ragan.

📌 Murojaat yuzasidan fuqaroga mazkur masalani hal etishning belgilangan tartibi tushuntirilib, Ijtimoiy xizmatlar markaziga murojaat qilib, tegishli ariza bilan chiqish zarurligi aniq ko‘rsatib berildi.

🤝 Shuningdek, murojaatni ko‘rib chiqish uchun zarur bo‘lgan tartib-taomillar va hujjatlarni rasmiylashtirish yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi. Natijada fuqaro qayerga, qanday tartibda va qaysi masala bo‘yicha murojaat qilishi lozimligi yuzasidan aniq ma’lumotga ega bo‘ldi.

✅ Mazkur masala yuzasidan tegishli tashkilot mas’ullari bilan hamkorlikda ish olib borish, fuqaroning murojaatini belgilangan tartibda ko‘rib chiqish hamda muammoni ijobiy hal etish choralarini ko‘rish bo‘yicha kelishib olindi.

Slide 1 of 3