Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
XALQ DEPUTATLARI PARKENT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI 29-SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.

Tuman hokimligi kichik majlislar zalida Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashining yettinchi chaqiriq navbatdagi 29-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.Sessiyada Kengash raisi Dadamatov Faxritdin Janobovich, tuman hokimi Po‘latov Elmurod To‘xtaboyevich,tuman Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, tegishli tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.Sessiya “Parkent T. Deputatlar Kengashi” Facebook sahifasi orqali onlayn tarzda yoritib borildi.Sessiya kun tartibidan tumanning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga oid qator muhim masalalar o‘rin oldi. Jumladan Parkent tumanida 2026-yil ikkinchi mavsum “Ochiq budjet” axborot portali orqali jamoatchilik fikri asosida eng ko‘p ovoz to‘plab g’olib bo‘lgan takliflarga “Fuqarolar tashabbusi jamg’armasi”dan mablag’lar yo‘naltirish to‘g’risida,Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputatlarining odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish to‘g’risida,Magistral yo‘llarni quyosh panellari yordamida yoritish tizimini joriy etilganligi holatini o‘rganish yakunlari to‘g’risida masalalar ko`rib chqildi,Kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan mas’ullarning axborot va hisobotlari tinglanib, deputatlar tomonidan taklif va mulohazalar bildirildi.Har bir masala bo‘yicha tegishli doimiy komissiyalar tomonidan tayyorlangan ulosalar sessiya ishtirokchilariga o‘qib eshittirilib, muhokama qilindi.Muhokamalar yakunida kun tartibidagi masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, mutasaddi tashkilotlarga aniq vazifalar belgilab berildi.Sessiya yakunida sessiya kotibi Ashirmatova Xurshida Soliyevna tomonidan sessiya yakunlari yuzasidan axborot tayyorlandi va o`qib eshittirildi.  

Slide 1 of 8