Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

DEPUTATLIK NAZORATI O‘TKAZILDI.

#Haftalik_ish_reja_ijrosi
#24_ta_masala

Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi tomonidan 24-tavsiya ijrosi doirasida Gulzor mahallasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish, aholi osoyishtaligini ta’minlash hamda hududdagi ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

O‘rganish davomida Gulzor mahallasi profilaktika inspektori Zulfikorov Dilmurod tomonidan hududdagi mavjud holat yuzasidan ma’lumot berildi. Ta’kidlanganidek, mahallada joriy davrda jinoyat sodir etilishiga yo‘l qo‘yilmagan bo‘lib, hudud “yashil” hudud sifatida qayd etilgan.

Shuningdek, mahallada 4 nafar fuqaro profilaktik hisobda turgani Mazkur fuqarolar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazish, ularning muammolarini o‘rganish va salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan manzilli ishlarni kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

O‘rganish yakunida mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktik hisobda turuvchi fuqarolar bilan individual ishlash, oilaviy va ijtimoiy muhitni sog‘lomlashtirish hamda aholi osoyishtaligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Jinoyatchilikning oldini olish — faqat huquqni muhofaza qiluvchi organlarning emas, balki mahalla, jamoatchilik, ta’lim muassasalari va fuqarolarning hamkorlikdagi vazifasidir.

Slide 1 of 1