Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
#deputatlik faoliyati #nazorat

Olmaliq shahrida joylashgan, aholi va bolajonlarning sevimli hordiq chiqarish maskanlaridan biri bo‘lmish "Bolajon" hiyoboni bugungi kundagi holati hamda ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati bo‘yicha ko‘rikdan o‘tkazildi.
Mazkur o'rganish deputat Muhiddin Abdullayev boshchiligida tashkil etildi.

O‘rganish davomida asosiy e'tibor qaratilgan yo‘nalishlar:
♻️Hiyobondagi har bir attraksionning ishchi holati, texnik xavfsizlik qoidalariga javob berishi hamda bolalar uchun xavfsiz foydalanish darajasi ko‘zdan kechirildi.
♻️Hududdagi tozalik va intizom, yashil hududlarning parvarishlanishi, ya'ni daraxt va gulzorlarning sug‘orilish va parvarish holati baholandi.
♻️Maskan bo‘ylab o‘rindiqlar, yoritish tizimining ishlashi hamda tashrif buyuruvchilar uchun yaratilgan boshqa qulayliklar atroflicha ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar yakunida aniqlangan ba'zi kamchiliklarni bartaraf etish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish hamda hiyobon hududini doimiy ozoda tutish bo‘yicha mas'ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 5