Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Ilmiy-ma’rifiy loyiha targ‘ibotiga bag‘ishlangan o‘quv seminari o‘tkazildi
янв.21
Uchko‘prik tumanida yangi ishlab chiqarish korxonasi ish boshladi
янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
Kambag‘allik reyestridagi oilalar bilan manzilli ish olib borildi

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #partiya_guruhlari #haftalik_ish_reja_ijrosi

Kambag‘allik reyestridagi oilalar bilan manzilli ish olib borildi

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashidagi O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi deputatlik guruhi a’zosi, “14-O‘rikzor” saylov okrugi deputati Abdushukurov Abdurashid Abduxamidovich tomonidan saylov okrugi hududidagi Zarafshon mahallasida navbatdagi o‘rganish ishlari tashkil etildi.

📇 O‘rganish jarayonida mahalla raisi hamda mahalladagi hokim yordamchisi bilan birgalikda kambag‘allik reyestriga kiritilgan 25 ta oilaning 12 tasi bilan bevosita suhbatlar o‘tkazildi.

🕯 Muloqot davomida oilalarning mavjud muammolari, bandlik masalalari, mehnat qilish imkoniyatlari va daromad manbalarini oshirishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganildi. Fuqarolarni munosib ish o‘rinlariga joylashtirish, ularning bandligini ta’minlash va oilalar daromadini oshirish yuzasidan tegishli takliflar bildirildi.

📁 Asosiy e’tibor — muammoni aniqlash emas, uni amaliy hal etishga qaratildi. Mazkur o‘rganish ishlari mahalliy Kengash deputatlari faoliyatini tashkil etish bo‘yicha 24 ta tavsiya asosida amalga oshirilib, fuqarolarni kambag‘allikdan chiqarish, ularning bandligini ta’minlash va oilalarning farovonligini oshirishga qaratilmoqda.

🧠 Deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri — fuqarolar bilan bevosita muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganish va amaliy yechim topishga ko‘maklashishdir.

Slide 1 of 2