35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

HAFTALIK ISH REJASI IJROSI.

Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati mudiri Q.O‘tayev va S.Abduvaliyevalar tomonidan Sardoba tumanida yangi barpo etilayotgan bog‘da tegishli qaror ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida qarorda belgilangan vazifalarning amaldagi ijrosi ko‘zdan kechirilib, bog‘ hududida obodonlashtirish va infratuzilmani yaratish ishlari qoniqarli darajada emasligi, ayrim ishlar chala bajarilayotgani hamda bolalar uchun zarur shart-sharoitlar to‘liq ta’minlanmagani aniqlandi.
Mazkur holat qaror talablariga to‘liq rioya etilmayotganini ko‘rsatib, mas’ullarga belgilangan vazifalar ijrosini jadallashtirish, ishlarni sifatli va to‘liq yakunlash hamda bolalar uchun zarur sharoitlarni yaratish bo‘yicha tegishli choralar ko‘rish yuzasidan ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 3