35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa — yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi
янв.21
Yangi tashkil etilgan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi
SHOVOT TUMANIDA AMALGA OSHIRILAYOTGAN DASTURLAR IJROSI MUHOKAMA ETILDI

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi tomonidan hududning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga qaratilgan dasturlar hamda yuqori turuvchi davlat organlari hujjatlarida belgilangan vazifalar ijrosini o‘rganish va nazorat qilish maqsadida monitoring ishlari olib borildi.
Monitoring jarayonida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari, Oliy Majlis palatalari hamda Hukumat qarorlari, shuningdek, oliy darajadagi tashriflar davomida erishilgan kelishuvlar asosida ishlab chiqilgan “Yo‘l xaritalari”da Shovot tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yuzasidan belgilangan chora-tadbirlarning amaliy ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi.
Mazkur jarayonda tuman hokimining qurilish, kommunikatsiyalar, kommunal xo‘jalik, ekologiya va ko‘kalamzorlashtirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari – tuman Obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i vazifasini bajaruvchisi Ruzimov Rafiq Bekbulsinovich, shuningdek, xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyat mudiri Masharipov Izzat Masharipovich hamkorligida tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha manzilli o‘rganish ishlari amalga oshirildi.
O‘rganish davomida belgilangan vazifalarning bajarilish holati, mavjud muammolar, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda ijro intizomini yanada kuchaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Shuningdek, hududni obodonlashtirish, kommunal infratuzilmani rivojlantirish, ekologik muhitni yaxshilash va aholi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish borasidagi ishlarning samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.
Monitoring yakunlari asosida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida va sifatli ijrosini ta’minlash hamda mas’ul tashkilotlarning faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi — hudud taraqqiyoti va aholi manfaatlari yo‘lida amalga oshirilayotgan ishlar ustidan samarali jamoatchilik va deputatlik nazoratini izchil davom ettiradi.

Slide 1 of 2