35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa — yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi
янв.21
Yangi tashkil etilgan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
📜 PQ-49-SON QARORI IJROSI: YANGI ISH O‘RINLARI YARATILMOQDA

🏘 Aholi daromadini oshirish va bandligini ta’minlashga e’tibor
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish, barqaror ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi PQ-49-son qarori ijrosi yuzasidan hududlarda amaliy ishlar olib borilmoqda.
🔎 Mazkur qaror doirasida Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri I. Masharipov hamda bosh mutaxassisi U. Ro‘zmetov tomonidan Shovot mahallasida yangidan tashkil etilgan tadbirkorlik faoliyati o‘rganildi.
🏪 O‘rganish davomida yangi tashkil etilgan tadbirkorlik subyekti faoliyati, yaratilgan sharoitlar hamda aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishildi.
👥 Tadbirkorlik faoliyati yo‘lga qo‘yilishi natijasida 2 ta yangi ish o‘rni yaratilgani alohida qayd etildi. Bu esa mahalla aholisi, ayniqsa, mehnatga layoqatli fuqarolarni doimiy daromad manbai bilan ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
📈 Hududlarda tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirish orqali kambag‘allikni qisqartirish — mazkur qarorda belgilangan ustuvor vazifalardan biridir.
🤝 Bunday amaliy tashabbuslar mahallalarda iqtisodiy faollikni oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda aholi farovonligini yuksaltirishga xizmat qiladi.
✨ Tadbirkorlik rivoji — bandlik va farovonlik garovi!

Slide 1 of 3