35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa — yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi
янв.21
Yangi tashkil etilgan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
MAHALLADAGI IJTIMOIY MASALALAR VA AHOLI BANDLIGI DEPUTATLIK E’TIBORIDA

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️MAHALLADAGI IJTIMOIY MASALALAR VA AHOLI BANDLIGI DEPUTATLIK E’TIBORIDA

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Aziz Ibragimov Shayxontohur tumanidagi “Olim Xo‘jayev” mahallasida bo‘lib, hududdagi ijtimoiy yo‘nalishlarda amalga oshirilayotgan ishlar, aholi bandligini ta’minlash hamda mahalla mas’ullarining faoliyatini o‘rgandi. O‘rganishda Xalq deputatlari Shayxontohur tumani Kengashi deputati Muqaddas Raxmatillayeva, tuman Kengashi kotibiyatining bosh mutaxassisi M. Yo‘ldoshxo‘jayeva hamda tuman hokimligining mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

🔎 Jarayonda mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan kelib chiqib, “Olim Xo‘jayev” mahallasidagi xotin-qizlar faoli, hokim yordamchisi va ijtimoiy xodim tomonidan amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligiga alohida e’tibor qaratildi.

📁 Xotin-qizlar bilan ishlash yo‘nalishida ularning bandligini ta’minlash, ijtimoiy faolligini oshirish, mavjud imkoniyatlardan foydalanishiga ko‘maklashish va tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar muhokama qilindi.

💼 Shuningdek, hokim yordamchisining aholi bandligini ta’minlash, daromad manbalarini yaratishga ko‘maklashish, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning iqtisodiy faolligini oshirish bo‘yicha olib borayotgan faoliyati o‘rganildi. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlarning amaliy natijadorligiga e’tibor qaratildi.

📉 Mahalladagi ijtimoiy xodim faoliyatini o‘rganishda esa aholining ijtimoiy ehtiyojmand qatlamlari bilan manzilli ishlash, ularga ko‘rsatilayotgan xizmatlarni sifatli tashkil etish hamda zarur ijtimoiy ko‘makni o‘z vaqtida yetkazish masalalari ko‘rib chiqildi.

🔺 Aziz Ibragimov masalalarni bevosita joyiga chiqib o‘rganish orqali mahalladagi haqiqiy holatni aniqlash, mas’ullar faoliyati samaradorligini baholash va aholi turmush sharoitini yaxshilashga qaratilgan amaliy takliflarni ishlab chiqish muhimligini ta’kidladi.

🏗 O‘rganish yakunida amalga oshirilayotgan ishlarning sifati va ijro holati muhokama qilinib, aholi bandligini ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda ijtimoiy xizmatlar samaradorligini yanada oshirishga qaratilgan takliflar ishlab chiqildi.

✅ Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga vazifalar belgilandi va ularning ijrosi nazoratga olindi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 3