35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Puchug‘oy mahallasida kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash masalalari o‘rganildi
янв.21
“Mehnatobod” mahallasida ehtiyojmand oilaning ijtimoiy-iqtisodiy sharoiti o‘rganildi
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish bo‘yicha hamkorlikdagi faoliyat o‘rganilmoqda
янв.21
Deputatlarning odob-axloq qoidalariga o‘zgartirish kiritish navbatdagi sessiyada ko‘rib chiqiladi
янв.21
Tadbirkorlar muammolari ochiq muloqotda muhokama qilindi
янв.21
Yoshlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi
янв.21
Tadbirkorlikni rivojlantirish va yangi imkoniyatlar muhokama qilindi
янв.21
MAKTABDAGI REKONSTRUKSIYA ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Mustaqillik bayramiga munosib tuhfa — yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi
янв.21
Yangi tashkil etilgan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
Oilaviy poliklinikada xizmat sifati o‘rganildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Aynashova tomonidan tumanning “Tovoqsoy” mahallasida joylashgan 11-sonli oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati o‘rganildi.

🔻O‘rganish davomida poliklinikada fuqarolarni qabul qilish va tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish jarayonlari, aholiga birlamchi tibbiy-sanitariya yordamini ko‘rsatish sifati, bemorlarga xizmat ko‘rsatishda qulayliklar yaratilganligiga alohida e’tibor qaratildi. Shuningdek, tibbiy xizmatlarni raqamlashtirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar ham ko‘zdan kechirildi. Jumladan, elektron ma’lumotlardan foydalanish, bemorlarning tibbiy ma’lumotlarini raqamli shaklda yuritish, axborot texnologiyalaridan foydalangan holda xizmat ko‘rsatish imkoniyatlari o‘rganildi.

🔻O‘rganish jarayonida poliklinikada mavjud dori vositalari zaxirasi ham ko‘zdan kechirildi. Dorilarning mavjudligi, saqlanishi va aholiga belgilangan tartibda yetkazib berilishi bilan bog‘liq masalalarga e’tibor qaratildi. Shu bilan birga, tibbiyot muassasasida mavjud muammolar va ularni bartaraf etish bo‘yicha mas’ullar bilan fikr almashildi. Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifatini yanada oshirish, bemorlar murojaatlariga e’tiborli bo‘lish, zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish hamda dori vositalari zaxirasini yetarli darajada shakllantirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 2