35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yangi tashkil etilgan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi
янв.21
Mullazoir mahallasida ikki oila yarashtirildi
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob kelib tushdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati F.Qaxxarova tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Obodonlashtirish boshqarmasidan rasmiy javob kelib tushdi.

Deputatlik so‘rovida Qo‘qon shahar “Shaldiramoq” MFY hududidagi “Naymancha ko‘chasini asfaltlashtirish” masalasi ko‘tarilgan.

Mazkur murojaat yuzasidan ma’lum qilinishicha, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi 665-son qarori hamda Qo‘qon shahar Kengashi tomonidan tasdiqlangan 2026-yilga mo‘ljallangan tegishli dastur va manzilli ro‘yxatlar asosida hududlarda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash ishlari rejalashtirilgan.

Rasmiy javobda “Shaldiramoq” MFYning “Xuvaydo” ko‘chasi uchun tasdiqlangan dastur va manzilli ro‘yxatda mazkur yo‘lda ko‘rsatilgan Naymancha ko‘chasini asfaltlashtirish ishlari nazarda tutilmagani qayd etilgan.

Shu bilan birga, mavjud mablag‘lardan foydalanish imkoniyati bo‘lgan taqdirda, mazkur ko‘chani asfaltlashtirish masalasini tegishli tartibda ko‘rib chiqish imkoniyati mavjudligi bildirilgan.

Shuningdek, yo‘l bo‘yicha ajratilgan mablag‘lar shaharda mavjud bo‘lgan barcha MFY ichki ko‘chalarini ta’mirlash uchun yetarli bo‘lishi uchun Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi tomonidan har bir MFYdan bittadan ko‘chani ta’mirlash bo‘yicha takliflar kiritilishi belgilangan.

Yuqoridagilardan kelib chiqib, “Shaldiramoq” MFYdagi ta’mirtalab deb topilgan ko‘chalarni bosqichma-bosqich ta’mirlash dasturlariga kiritish hamda ajratiladigan mablag‘lar doirasida ta’mirlash ishlarini olib borish rejalashtirilgan.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi