35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yangi tashkil etilgan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi
янв.21
Mullazoir mahallasida ikki oila yarashtirildi
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob kelib tushdi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Axmedova tomonidan fuqaro murojaati asosida yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Davlat kadastrlari palatasi filialidan rasmiy javob kelib tushdi.

Deputatlik so‘rovida Qo‘qon shahar “Qo‘shchinor” mahalla fuqarolar yig‘ini, Toshpo‘lat O‘razboev ko‘chasi 21-uyda yashovchi fuqaro Meliboyeva Manzuraxonning o‘z xonadoniga oid kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish masalasidagi murojaati ko‘rib chiqilgan.

Murojaat yuzasidan tegishli tashkilot tomonidan saqlanayotgan arxiv hujjatlari atroflicha o‘rganildi. O‘rganish natijasida mazkur turar joy bo‘yicha huquqni tasdiqlovchi tegishli hujjatlar mavjudligi aniqlanib, ularni belgilangan tartibda rasmiylashtirish uchun zarur asoslar belgilab berildi.

Rasmiy javobda kadastr hujjatlarini tayyorlash hamda ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali belgilangan tartibda murojaat qilish mumkinligi tushuntirildi.

Mazkur deputatlik so‘rovi natijasida fuqaroning murojaati tegishli tartibda o‘rganilib, uy-joy hujjatlarini rasmiylashtirish bo‘yicha aniq huquqiy yo‘nalish va amaliy tartib belgilab berildi.

Mazkur masala deputat nazoratida bo‘lib, fuqaroning kadastr hujjatlarini qonuniy tartibda rasmiylashtirishiga ko‘maklashish bo‘yicha zarur ishlar davom ettiriladi.