35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yangi tashkil etilgan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi
янв.21
Mullazoir mahallasida ikki oila yarashtirildi
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
Mustaqillik bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish va tozalash ishlari kuchaytirilmoqda

Mustaqillik bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish va tozalash ishlari kuchaytirilmoqda

📍Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi deputati Ismoil Sagdullayev tashabbusi bilan o‘zi saylangan saylov okrugi hududidagi mahallalarda obodonlashtirish, sanitariya-tozalash va hududlarni tartibga keltirish ishlari amalga oshirilmoqda.

🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda obodonlashtirish ishlarini yanada jadallashtirish, aholi uchun toza, ozoda va qulay muhit yaratish, mahallalarning sanitariya holatini yaxshilashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

✅ Jumladan, saylov okrugi hududidagi mahallalarning ichki ko‘chalarida to‘planib qolgan chiqindilar tozalanib, maxsus texnikalar yordamida hududdan olib chiqib ketilmoqda. Shuningdek, ko‘cha va umumiy foydalanishdagi hududlar tartibga keltirilib, sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

🤝 Deputat tomonidan mazkur ishlarning borishi joyiga chiqib o‘rganilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli vazifalar belgilab olinmoqda.

👨‍👩‍👦‍👦 Aholi murojaatlari va hududdagi mavjud muammolarni o‘rganish, ularning amaliy yechimini ta’minlash hamda obodonlashtirish ishlarini tizimli tashkil etish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida davom ettirilmoqda.

🌟 Mustaqilligimizning 35 yilligini munosib kutib olish maqsadida hududlarda olib borilayotgan bunday ezgu ishlar mahallalarimizning yanada obod va ko‘rkam qiyofa kasb etishiga xizmat qiladi.

💦 Toza va obod mahalla — aholi farovonligi va munosib turmush sharoitining muhim omilidir.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 5