35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Istiqlol bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar o‘rni
янв.21
Aholi murojaatlari deputat nazorati doirasida o‘rganildi
Kotib

Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati,  “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi a’zosi Yoqutxon Madjidova boshchiligida “Alisher Navoiy” mahallasida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda “Alisher Navoiy” va “Shukur Burxonov” mahallalari faollari ishtirok etdilar.  

Samimiy va iliq muhitda o‘tgan uchrashuv davomida yurtimiz Mustaqilligi yillarida erishilgan yutuqlar, tinchlik va taraqqiyot qadriyatlari, shuningdek, mahalladagi dolzarb masalalar xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Ishtirokchilar o‘z taklif va istaklarini ochiq bayon etib, deputat bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

Deputat Yo.Madjidova yig‘ilganlarni qutlug‘ ayyom bilan tabriklab, Mustaqillik — xalqimizning bebaho ne’mati, uni asrab-avaylash hamda yurtimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shish har birimizning burchimiz ekanini ta’kidladi.

Mustaqilligimiz muborak bo‘lsin! Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz farovon bo‘lsin!

Slide 1 of 3