35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Mullazoir mahallasida ikki oila yarashtirildi
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Istiqlol bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar o‘rni
FUQARONI ISH BILAN TA’MINLASH MASALASI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 4-“Oq oltin” saylov okrugidan saylangan deputat F.Mamajonov tomonidan o‘z hududidagi “Oq oltin” MFYda fuqarolar murojaatlarini o‘rganish va mavjud muammolarni aniqlash bo‘yicha navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Oqibat 2-tor ko‘chasi 24-uyda yashovchi fuqaro Kenjayeva Muxlisaxon ish bilan ta’minlash masalasida amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Fuqaroning murojaati deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, uning mutaxassisligi va kasbiy ko‘nikmalaridan kelib chiqib munosib ish o‘rniga joylashtirish masalasi ko‘rib chiqildi.

Mazkur murojaat deputat F.Mamajonov tomonidan nazoratga olinib, fuqaroni mutaxassisligi bo‘yicha ish bilan ta’minlash masalasini tegishli tashkilotlar hamda mas’ul mutasaddilar bilan hamkorlikda ijobiy hal etish bo‘yicha zarur choralar ko‘rishga kelishib olindi.

Fuqaroga ishga joylashish bo‘yicha amaliy ko‘mak ko‘rsatish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlarini o‘rganish va uning mutaxassisligiga mos munosib ish o‘rnini aniqlash yuzasidan tegishli ishlar olib borilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 5