35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yangi tashkil etilgan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi
янв.21
Mullazoir mahallasida ikki oila yarashtirildi
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
Yangi O‘zbekiston massivida yangi maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi Marg‘ilon shahridagi Yangi O‘zbekiston massivida 180 nafar tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan 34-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Yangi ta’lim maskanining tantanali ochilish marosimida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati, shahar hokimi E.Rustamov va deputat M.Mirzayev hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirda so‘zga chiqqanlar mamlakatimizda maktabgacha ta’lim tizimini rivojlantirish, bolajonlar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish, ta’lim-tarbiya sifatini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlarning amaliy natijalari haqida ta’kidladilar.

Zamonaviy loyiha asosida bunyod etilgan yangi maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning mazmunli vaqt o‘tkazishi, bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirishi hamda har tomonlama kamol topishi uchun zarur sharoitlar yaratilgan.

Muassasaning qurilish ishlariga jami 11 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirildi. Yangi bog‘chaning foydalanishga topshirilishi hududda maktabgacha ta’lim xizmatlari qamrovini kengaytirish bilan birga, yosh oilalar uchun ham qo‘shimcha qulayliklar yaratadi.

Tantanali tadbir davomida Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari M.X. Mirzayev va E. Rustamov yangi ta’lim maskanida yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishib, jajji tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlarni e’tirof etdilar.

Yangi maktabgacha ta’lim tashkilotining foydalanishga topshirilishi hudud infratuzilmasini rivojlantirish, bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasini oshirish va ularning sifatli ta’lim-tarbiya olishlari uchun munosib sharoit yaratish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Slide 1 of 6