35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yangi tashkil etilgan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi
янв.21
Mullazoir mahallasida ikki oila yarashtirildi
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
UCHTEPA TUMANIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

#Deputatlik_nazorati #24_ta_tavsiyaviy_savol #Deputat_daftari #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️UCHTEPA TUMANIDA YONG‘IN XAVFSIZLIGI BO‘YICHA PROFILAKTIK TADBIR O‘TKAZILDI

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Dilshod Shoumarov boshchiligida Uchtepa tumanida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, favqulodda holatlarning oldini olish hamda aholi o‘rtasida xavfsizlik madaniyatini oshirishga qaratilgan profilaktik tadbir o‘tkazildi.

🚒 Tadbir davomida hududlarda yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi, ayniqsa, aholi yashash xonadonlari va ko‘p qavatli uylar atrofidagi holat, elektr hamda gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish, ehtimoliy yong‘inlarning kelib chiqishiga sabab bo‘lishi mumkin bo‘lgan omillarning oldini olish masalalariga e’tibor qaratildi.

🔎 Shuningdek, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik nuqtayi nazaridan isitish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish, elektr tarmoqlariga ortiqcha yuklama tushishining oldini olish hamda yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy amal qilish zarurligi yuzasidan tushuntirishlar olib borildi.

🤝 O‘rganish jarayonida mutasaddi xizmatlar va hudud faollari bilan mavjud holatlar muhokama qilinib, yong‘in xavfsizligini ta’minlashda faqat favqulodda vaziyat yuz bergandan keyin choralar ko‘rish emas, balki profilaktik tadbirlarni muntazam tashkil etish va xavf omillarini oldindan aniqlash muhimligi qayd etildi.

📋 Mazkur tadbir Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha tavsiyalar, jumladan, kuz-qish mavsumida isitish tizimlari holatini o‘rganish, ko‘p qavatli uylarning ichki yo‘laklari va yerto‘lalaridagi xavfsizlikni ta’minlash, elektr energiyasi va gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalarni nazorat qilish vazifalari bilan uyg‘un holda olib borildi.

🗣 Deputat Dilshod Shoumarov aholi xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlarning oldini olish va fuqarolarning bu boradagi mas’uliyatini oshirishga qaratilgan profilaktik ishlarni mahallalarda tizimli davom ettirish muhimligini ta’kidladi.

🔺 Tadbir yakunida aniqlangan masalalarni tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda bartaraf etish, yong‘in xavfsizligi bo‘yicha profilaktik ishlarni kuchaytirish hamda kuz-qish mavsumini xavfsiz o‘tkazishga qaratilgan chora-tadbirlarni deputatlik nazoratida davom ettirish belgilandi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 5