35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yangi tashkil etilgan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi
янв.21
Mullazoir mahallasida ikki oila yarashtirildi
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
sessiya_31

2026-yil 21-avgust kuni Jondor tumani hokimligi majlislar zalida Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining navbatdagi o`ttiz birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, kun tartibiga kiritilgan masalalarga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari, shuningdek, ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdilar.

Sessiya ishida Jondor tumani sanitariya epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limi tomonidan 2026-yil birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar, Jondor tumani mahalliy budjetining 2026-yil 6 oylik ijrosi, Jondor tumani mahalliy budjetining qoʻshimcha manbalari hisobidan mablagʻlarni yoʻnaltirish, Jondor tumani hokimligi obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan markaziy ko‘chalar bo‘yida joylashgan tadbirkorlik subektlari bilan tuzilgan shartnomalar asosida chiqindilarni olib chiqish va hududlarni obodonlashtirish xizmatlari uchun tariflarni tasdiqlash hamda Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining 2026-yil 1-maydagi VII-26-42-2-35-K/26-sonli qaroriga qo‘shimcha va oʻzgartirish kiritish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kun tartibidagi barcha masalalar bo‘yicha deputatlar tomonidan atroflicha muhokamalar olib borildi va Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.

Slide 1 of 19