35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Istiqlol bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar o‘rni
янв.21
Aholi murojaatlari deputat nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT SO‘ROVI
KENGASH ISH REJASI IJROSI DOIRASIDA CHIQINDILARNI O‘Z VAQTIDA OLIB CHIQISH HOLATI HAMDA “ZERO-WASTE” MChJ PARKENT TUMANI FILIALIDA XODIMLAR UCHUN YARATILGAN SHAROITLAR O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 3-“Bog‘bon” saylov okrugidan saylangan deputat To‘layev Eldor Zafaritdin o‘g‘li tomonidan Kengashning ish rejasi ijrosi yuzasidan Parkent tumanida “Zero-Waste” MChJ
Parkent tumani filialida xodimlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish xizmatlarining tashkil etilishi o‘rganildi.O‘rganish jarayonida deputat korxona rahbari o‘rinbosari Sanjar Shukraliyev bilan suhbatlashib,filial faoliyati, xodimlarga yaratilgan mehnat sharoitlari, mavjud texnikalar hamda chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish ishlari haqida ma’lumotlar oldi. O‘rganish ishlari bevosita Sanjar Shukraliyev ishtirokida olib borildi.Filialda jami 89 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritayotgani, xodimlarning ishga kelib-ketishini nazorat qilish uchun Face ID tizimi o‘rnatilgani, haydovchi va yuk ortuvchilar har kuni ish boshlashdan oldin tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilishi hamda maxsus ish kiyimlari bilan ta’minlangani ma’lum bo‘ldi.Shuningdek, xodimlar uchun yuvinish va kiyinish xonalari tashkil etilgan.Maxsus chiqindi tashish
avtomashinalari mexanik va bosh muhandis ko‘rigidan o‘tkazilib, texnik sozligi aniqlangandan so‘ng ishga chiqariladi. Avtotransport vositalari GPS qurilmalari orqali masofadan nazorat qilinadi, avtoturargoh hududida esa kuzatuv kameralari o‘rnatilgan.Filial tomonidan Parkent tumanidagi 53 ta mahallada qattiq maishiy chiqindilarni belgilangan reja-grafik asosida yig‘ish va olib chiqib ketish ishlari amalga oshiriladi.Mazkur xizmatlar 17 ta maxsus chiqindi tashish texnikasi va 244 ta chiqindi konteyneri orqali tashkil etilgan bo‘lib, chiqindilar tuman hududidagi markaziy poligonga olib chiqiladi.O‘rganish yakunida xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlarini yanada yaxshilash, xavfsizlik talablariga rioya etish hamda chiqindilarni o‘z vaqtida yig‘ish va olib chiqib ketish ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.
  

Slide 1 of 6