Ijtimoiy xodim faoliyati deputat tomonidan o‘rganildi
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tuman Kengashi deputat D. Jabborova tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 8-maydagi PF–85-son Farmoni ijrosi yuzasidan Xonchorbog‘ mahallasida ijtimoiy xodim Yangiboyev Darxon faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahalladagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolar bilan ishlash, nogironligi bo‘lgan shaxslarning bandligini ta’minlash, ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Xonchorbog‘ mahallasida 6 122 nafar aholi istiqomat qiladi.
Hozirda 44 ta oila ijtimoiy reyestrga kiritilgan bo‘lib, shundan 17 tasi kambag‘al oilalar toifasiga kiradi.
📌 O‘rganish yakunida ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.