📅 17-AVGUST
8 TA TADBIR
🔹 Mevazor mahallasida hokim yordamchisi va mahalla raisi faoliyati o‘rganildi.
🔹 Ta’lim sohasidagi masalalar hamda fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
🔹 Qirg‘oqbo‘yi mahallasida obodonlashtirish va asfaltlashtirish ishlari nazorat qilindi.
🔹 Yer va uy-joyga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish masalasi targ‘ib qilindi.
🔹 Fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
🔹 “Qangli” kanalining 3 km qismini betonlashtirish masalasi deputatlik nazoratiga olindi.
📅 18-AVGUST
8 TA TADBIR
🔹 “Tashabbusli budjet”ning 2026-yil 2-mavsumi doirasida kelib tushgan takliflar saralandi.
🔹 Dorixonalar, profilaktika inspektori faoliyati hamda ariqlarni betonlashtirish ishlari o‘rganildi.
🔹 Aholi murojaatlari uyma-uy yurish orqali o‘rganildi.
🔹 Deputatlar va biriktirilgan tashkilotlar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
📅 19-AVGUST
5 TA TADBIR
🔹 Kadastrlar palatasi bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
🔹 Mahallalardagi sport inshootlari, maktab sport zallari va jihozlar holati o‘rganildi.
🔹 Obodonlashtirish va maishiy chiqindilarni olib chiqish holati nazorat qilindi.
🔹 Majburiy ijro byurosi bilan hamkorlik uchrashuvi o‘tkazildi.
🔹 Davlat soliq inspeksiyasida sessiya oldidan o‘rganish o‘tkazildi.
📅 20-AVGUST
11 TA TADBIR
🔹 Yangi O‘zbekiston mahallasida aholi muammolari ko‘chama-ko‘cha o‘rganildi.
🔹 Madaniyat markazi qurilishi va yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlar o‘rganildi.
🔹 Profilaktika inspektori hamda hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.
🔹 “Lazizbek Madinabonu” MChJ faoliyati bilan tanishildi.
🔹 “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish holati o‘rganildi.
🔹 Saylovchilar bilan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
🔹 Pensiya va nafaqa masalalari yuzasidan aholi murojaatlari o‘rganildi.
🔹 8-son bolalar musiqa va san’at maktabi faoliyati hamda Qumyob mahallasidagi zahkash holati nazorat qilindi.
📅 21-AVGUST
5 TA TADBIR
🔹 Tuman Tibbiyot birlashmasida sessiya oldidan o‘rganish o‘tkazildi.
🔹 Nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi.
🔹 Ijtimoiy reyestrda turuvchi xonadon holati o‘rganildi.
🔹 Oilaviy tadbirkorlik faoliyati ko‘chama-ko‘cha yurish orqali o‘rganildi.
🔹 Beshchiqir mahallasida aholi va tadbirkorlar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazildi.
🎯 JAMI: 37 TA TADBIR
📌 Asosiy yo‘nalishlar: Aholi murojaatlari • deputatlik nazorati • sessiya oldi o‘rganishlar • tadbirkorlik • ijtimoiy himoya • ta’lim • sog‘liqni saqlash • obodonlashtirish • yoshlar masalalari • budjet mablag‘laridan maqsadli foydalanish • tashkilotlar bilan hamkorlik.
🤝 XALQ BILAN YUZMA-YUZ, MUAMMOLARNI JOYIDA O‘RGANISH — DEPUTATLAR FAOLIYATINING USTUVOR YO‘NALISHI!