35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
янв.21
Istiqlol bayrami arafasida hududlarda obodonlashtirish ishlari nazoratda
янв.21
Yoshlar tarbiyasida nuroniylar o‘rni
янв.21
Aholi murojaatlari deputat nazorati doirasida o‘rganildi
Gaz ta’minoti tizimi bo‘yicha deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda

 Gaz ta’minoti tizimi bo‘yicha deputatlik nazorati kuchaytirilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan tumanda aholi va ijtimoiy soha obyektlarini barqaror gaz bilan ta’minlash, gaz tarmoqlarining texnik holatini yaxshilash hamda 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holatini o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

Shu maqsadda doimiy komissiya tomonidan “Pastdarg‘omtumangaz” gaz ta’minoti bo‘limiga rasmiy xat yuborilib, gaz ta’minoti tizimining amaldagi holati yuzasidan batafsil va tahliliy ma’lumotlar so‘raldi.
📌 Xususan, quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratilmoqda:
🔹 tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlanayotgan aholi xonadonlari hamda ijtimoiy soha obyektlari;
🔹 gaz quvurlari va gaz taqsimlash punktlarining texnik holati;
🔹 tabiiy gaz yetkazib berish hajmlari va belgilangan rejalar ijrosi;
🔹 gazni iqtisod qilish va yo‘qotishlarni kamaytirish bo‘yicha natijalar;
🔹 debitor qarzdorlikni qisqartirish holati;
🔹 noqonuniy gazdan foydalanish holatlarini aniqlash va oldini olish bo‘yicha ishlar;
🔹 kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik doirasidagi rekonstruksiya va ta’mirlash ishlari;
🔹 eskirgan va avariyaviy gaz tarmoqlarini yangilash rejalari;
🔹 aholiga suyultirilgan gaz yetkazib berishdagi mavjud muammolar;
🔹 ID-karta, “e-gaz”, Face ID, GPS kabi raqamli nazorat tizimlaridan foydalanish samaradorligi;
🔹 fuqarolar murojaatlari va ularning yechimi.
Shuningdek, bajarilmagan yoki to‘liq bajarilmagan vazifalar bo‘yicha muammolarning sabablari, mas’ul ijrochilar va yakuniy bajarish muddatlari aniq ko‘rsatilishi talab qilindi.

📊 Mazkur o‘rganishlar yakuni bo‘yicha gaz ta’minotidagi mavjud muammolarni bartaraf etish, aholi murojaatlarini kamaytirish va kuz-qish mavsumida barqaror hamda uzluksiz gaz ta’minotini ta’minlash yuzasidan tegishli takliflar ishlab chiqiladi.