35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Янгиликлар

Сўнги янгиликлар

янв.21
Yangi tashkil etilgan maktabning yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
Yoshlar — Yangi O‘zbekistonning ishonchli tayanchi
янв.21
Mullazoir mahallasida ikki oila yarashtirildi
янв.21
Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat “Ustozlar” ko‘chasi faollari bilan uchrashdi
янв.21
Veterinariya sohasidagi ishlar nazorat-tahlil qilindi
янв.21
Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti – tarbiyalanuvchilar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
“Ta’lim uchun qulay muhit” dasturi ijrosi o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili oldidan - “Ta’lim uchun qulay muhit” dasturining ijrosi o‘rganildi
янв.21
Fuqaroning murojaati o‘rganilib, amaliy yordam ko‘rsatildi Fuqaro murojaati deputat nazoratida
“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amaliy ko‘mak.

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida amaliy ko‘mak.

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣

Angor tumanidagi 24-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktab tomonidan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida ro‘yxatga kiritilgan oilalar farzandlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan ezgu tashabbus amalga oshirildi.
Xalq deputatlari Angor tumani Kengashi 19-Farovon saylov okrugi deputati Mamatmirzayeva Raxima ham faol ishtirok etdi.

Mazkur tashabbus doirasida ehtiyojmand oilalar farzandlariga yangi maktab formalari hamda zarur o‘quv qurollari topshirildi. Ushbu ko‘mak o‘quvchilarning ta’lim olishi uchun zarur sharoitlarni yaratish, ularning tengdoshlari qatori sifatli bilim olishiga ko‘maklashish va oilalarning ijtimoiy yukini yengillashtirishga xizmat qiladi.

“Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturining asosiy maqsadlaridan biri — ehtiyojmand oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning farzandlari uchun munosib sharoit yaratish, oilalarning daromad manbalarini kengaytirish va kelajakda farovon hayot kechirishi uchun zarur imkoniyatlarni yaratishdan iborat.
Bunday amaliy ishlar aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish bilan birga, yosh avlodning ta’lim-tarbiyasiga bo‘lgan e’tibor va g‘amxo‘rlikning amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 1